16:01 / 30.03.2017
6 070

Captiva va Orlando Rossiyada sotiladimi?

Captiva va Orlando Rossiyada sotiladimi?
O‘zbekiston kompaniyasi qancha mashina sotishni mo‘ljallagan? Model qatori to‘ldiriladimi? Qachon Ravon Gentra savdolarga chiqariladi? Bu haqda bosh direktor Sharaf Ashurov "Kolyosa.ru" nashriga bergan intervyusida to‘xtalib o‘tgan, deb yozadi Kun.uz nashri.

Uning aytishicha, o‘tgan yilda realizasiya qilingan 1 811 ta avtomobil so‘nggi 4 oyda sotilgan. 50 mingta mashinani yil oxiriga qadar sotish shunchaki o‘ylab topilmagan, bu tahlilchilarning sonlari ekan. Barcha ko‘rsatkichlar joriy yilning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya avtomobil bozorida kamida 5 foizga o‘sishdan darak bermoqda.

Marka modellari haqida to‘xtalar ekan Ashurov shunday dedi: “R2 – bu A segmenti modeli, AEV raqamlariga ko‘ra, bu segmentdagi bozorning umumiy hajmi yiliga 5-5,5 ming avtomobilni tashkil etadi. Joriy yilda biz bu hajmning 80 foizga qadar etishni mo‘ljallaganmiz. V-sinfida Nexia R3 modeli taqdim etilgan bo‘lsa, R4 modeli V va S sinflari tutashuvida joylashgan, uni V+ segmentiga qo‘shish mumkin. R4 haqida gapirish hozircha erta, sababi bu modelni faqatgina fevralda olib kirishni boshladik. Ayni damda V segmentida bizda Nexia R3 modeli o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqda. Asta-sekinlik bilan bu segmentda bozorning 30 foizini egallash niyatidamiz. Gentra modeliga keladigan bo‘lsak, hozircha uni olib kirmadik, biroq o‘tgan yili unga yaxshi talab kuzatildi. Bu modelni iyundan etkazib berishni rejalashtirganmiz”.

2017 yilda Ravon’ning 70ta yangi dilerlik va servis markazlari paydo bo‘lishi haqida ma’lumotlarga esa shunday javob qaytarildi: “Biz avvalgi brendlarimizning eng yaxshi an’analaridan foydalanmoqdamiz hamda avval o‘zbek avtomobillari bor bo‘lgan pozisiyalarni qaytarmoqdamiz. Bizga an’anaviy sheriklar qaytmoqda”.

Ashurov Rossiyadagi dilerlik markazlari haqida shunday dedi: “Ayni damda savdolar ko‘proq Markaziy mintaqada ro‘y bermoqda, sababi aynan shu erda yirik dilerlik markazlari ochilgan. Faqatgina Moskvaning o‘zida bizda beshta dilerlik korxonalari ishlamoqda. Bu borada eng istiqbolli mintaqa esa Sibir deb o‘ylayman. Bizda hozircha Povolje, Saratov viloyati qamrab olinmagan. Shuningdek Krasnodar o‘lkasida ham istiqbollar ancha katta”.

Yaqin oradagi yangiliklar haqida esa shunday fikr bildirildi: “Ishlab chiqaruvchi zavod va umuman bizning brend rejalarida model qatorini kegaytirish bor. Birinchidan, S-sinfidagi to‘laqonli model, ikkinchidan esa, bizda SUV-B sinfidagi avtomobil ham paydo bo‘ladi”.

Shuningdek Ashurov Rossiyaga Captiva va Orlando modellari etkazib berilishi mumkinligini ham istisno etmadi. “Kompaniyamiz nafaqat Rossiya, balki MDH davlatlari bozorini jiddiy tadqiq qilmoqda. Qanday modellar bozorning qaysi segmentlarida ommabop va talabgir bo‘lishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilmoqda”, - dedi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Captiva va Orlando Rossiyada sotiladimi?