Rossiyada rubl kursi muzlatilishi mumkinligi aytildi

Rossiyada rubl kursi muzlatilishi mumkinligi aytildi
Rossiya Markaziy banki Rossiya rubli kursini barqarorlashtirish uchun qat’iy kurs o‘rnatishi mumkin. Bu haqda 30 mart kuni Rossiya prezidenti maslahatchisi, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Sergey Glazyev aytdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Glazyevning aytishicha, Markaziy bankning asosiy vazifasi milliy valyuta barqarorligini qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. "Rubl kursini muzlatish bundagi usullardan biridir, biroq bu ongli darajada qilinishi lozim va hamma bu narx raqobatbardoshligini ta’minlashini anglashi kerak", deb aytdi Glazyev.

Avvalroq Glazyev Rossiyaning pul-kredit siyosati "ekzotik xarakterga" ega bo‘lib, moliyaviy firibgarlar boyishi uchun sharoitlar yaratishini aytgandi.

Mart oyida Rossiya Federatsiya kengashi Markaziy bankka rublning ayirboshlash kursini muzlatishni tavsiya qilgandi. Senatorlarning fikricha, Markaziy bank shu yo‘l bilan valyuta spekulyatsiyalarini to‘xtatishi mumkin.

Markaziy bank rahbari Elvira Nabiullina hukumat erkin valyuta kursini qo‘llab-quvvatlashini bir necha marotaba aytgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar