14 aprel oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

O‘zbekiston Markaziy banki 14-aprel holatiga ko‘ra oltin quyma sotuv narxlarini e’lon qildi. 1 gramm oltin narxi avvalgi qiymatga nisbatan 16 400 so‘mga pasaygan. Oltin quymalarni barcha banklar filiallaridan xarid qilish mumkin, biroq ularning mavjudligini oldindan aniqlashtirish tavsiya etiladi. Talab ortgani sababli ko‘plab banklarda zaxiralar tugab qolish ehtimoli mavjud.
O‘zbekiston Markaziy Banki tomonidan oʻlchovli oltin quymalarning 14 apreldagi sotuv narxlari e'lon qilindi.
1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 16 400 so‘mga pasaygan.
O‘lchovli oltin quymalarning narxlari quyidagicha:
5 gram — 9 508 000 so‘m.
10 gram — 19 015 000 so‘m.
20 gram — 38 030 000 so‘m.
50 gram — 95 075 000 so‘m.
100 gram — 190 150 000 so‘m.
O‘lchovli oltin quymalarni O‘zbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.
Eslatma: Bank ofisiga borishdan oldin oltin quymalar mavjudligini aniqlashtirib olish yodingizdan chiqmasin. Oltin narxi jadal sur'atda oshib borayotganligi sababli sotuvlarning hajmi ham ortgan. Ko‘plab bank ofislarida oltin quymalarning tugab qolish ehtimoli mavjud.


























Izohlar 0
…