«O‘zavtosanoat» kompaniyasi Tojikistonga yengil avtomobillar etkazish bo‘yicha shartnomalar imzoladi. Bu haqda Tojikiston respublikasi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati ma’lum qildi deb yozadi Kun nashri.
Xabar qilinishicha, «O‘zavtosanoat» kompaniyasi Tojikistonning «Lesinvest» va «Tajmotors» kompaniyalari bilan yengil avtomobillarni etkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolagan. Shuningdek «Gayur» kompaniyasi bilan o‘zaro anglashuv memorandumi ham imzolandi. Shartnomalar qiymati noma’lum.
Hujjatlar Dushanbeda o‘z ishini yakunlayotgan O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasi doirasida imzolandi. Ko‘rgazmada «O‘zavtosanoat» kompaniya korxonalari tomonidan ishlab chiqariluvchi 200 dan ortiq nomdagi mahsulotlarni namoyish etdi.
Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston va Tojikiston SSP o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv, TRANSNEFTEGAZ GLOBAL SERVIS va «Gayur» kompaniyasi o‘rtasida anglashuv va foydali qazilmalarni etkazib berish bo‘yicha memorandumlar hamda boshqa qator bayonnomalar imzolandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi