Bitcoin narxi bir kunda 6 foizga tushib ketdi: Yangi maqsad 50 000 dollar

Uoll-stritda chorshanba kungi savdolar ochilishi bilan Bitcoin (BTC) narxi 6 foizdan koʻproq qiymat yoʻqotdi. Likvidatsiyalar oqimi tezlashishi natijasida TradingView maʼlumotlari BTC/USD juftligi Bitstamp birjasida 66,948 dollargacha tushganini koʻrsatdi. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.
Ushbu koʻrsatkich aprel oyidan beri eng past daraja boʻlib, soʻnggi oylardagi oʻsish surʼatlarini yoʻqqa chiqardi. Oxirgi 24 soat ichida kripto bozoridagi umumiy likvidatsiyalar hajmi 1,25 milliard dollarga yetdi. Bitcoin boshqa xatarli aktivlardan farqli ravishda pasayishda davom etmoqda, vaholanki S&P 500 indeksi navbatdagi rekord darajani qayd etdi.
Tahlilchi Rekt Capital oʻzining X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida investorlar makroiqtisodiy xatarlardan qochib, Bitcoin aktivlaridan voz kechayotganini va Stablecoinʼlarga oʻtayotganini taʼkidladi. Uning bashoratiga koʻra, narx keyingi bosqichda 50 oylik eksponentsial harakatlanuvchi oʻrtacha koʻrsatkich (EMA) — 66,250 dollarni nishonga oladi.
Ekspertning qoʻshimcha qilishicha, ushbu nuqtada vaqtinchalik reaksiya boʻlishi mumkin, ammo vaqt oʻtishi bilan Bitcoin ushbu EMA darajasidan ham pastga tushib, ayiqlar bozoridagi pasayishda davom etishi ehtimoli yuqori. Kalshi prognoz xizmati esa narxning 50,000 dollargacha tushishini kutmoqda.
Bozor sharhlovchisi Exitpumpʼning fikricha, ochiq qiziqishning (open interest) rekord darajaga yetishi spot bozoridagi ulkan sotuvlar oqimiga sabab boʻlgan. Hozirda kripto bozori kuchli bosim ostida qolmoqda.


























Izohlar 0
…