EI elchisi O‘zbekistondagi valyuta siyosatini tanqid qildi

EI elchisi O‘zbekistondagi valyuta siyosatini tanqid qildi
2017 yil 4 may kuni Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi idorasida OAV vakillari ishtirokida press-konferensiya tashkil etildi. Tadbirda EI O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari Eduards Stiprays o‘zining bayonoti bilan ishtirok etdi.
EI elchisi O‘zbekistondagi valyuta siyosatini tanqid qildi
Eduards Stiprays

Anjuman davomida elchi O‘zbekistondagi valyuta siyosatiga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi:
"O‘zbekistondagi mavjud valyuta siyosati ko‘p hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga to‘sqinlik qiladi. Bu hech kimga sir emas. Ayni damda, bu O‘zbekiston hukumati tomonidan hal etilayotgan muhim masalalardan biridir.

2017-2021 yillarda beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining harakatlar strategiyasida valyuta tizimini tartibga solish uchun bozor vositalarini joriy etilishi qayd etilgan va bu xorijlik sarmoyadorlar uchun kuchli ishora bo‘lishi mumkin", - deydi EI delegatsiyasi rahbari.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, investitsiyalar foyda ko‘rishning imkoni yo‘q bo‘lgan yerga emas, biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan muhit tomon oshiqadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar