21:27 / 04.05.2017
6 003

EI elchisi: "O‘zbekiston bilan siyosiy va iqtisodiy munosabatlar jadal sur’atda o‘sib bormoqda"

EI elchisi: "O‘zbekiston bilan siyosiy va iqtisodiy munosabatlar jadal sur’atda o‘sib bormoqda"
Foto: kun.uz

2017 yil 4 may kuni Evropa Ittifoqining O‘zbekistondagi idorasida OAV vakillari intirokida press-konferensiya tashkil etildi. Tadbirda EI O‘zbekistondagi elchisi Eduards Stiprays o‘zining bayonoti bilan ishtirok etdi.

Elchi anjuman davomida Evropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqlarga batafsil to‘xtalib o‘tdi va mamlakatda amalga oshirilayotgan hamkorlikdagi loyihalar bilan tanishtirdi.

“O‘zbekiston hukumati bilan siyosiy munosabatlar jadal sur’atda o‘sib borayotganini alohida qayd etish lozim. Bunga 2016 yilning oktyabridan beri malakatingizdagi turli vazirliklar va davlat idoralari hamda EI rasmiy vakillari ishtirokida kuzatib kelinayotgan uzluksiz uchrashuvlar yaqqol misol bo‘la oladi.

Evropa Ittifoqi yaqinda qabul qilingan 2017-2021 yillardagi beshta ustuvor yo‘nalishlarda O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasini, shuningdek, O‘zbekiston va EI o‘rtasidagi turli hamkorlik dasturlariga katta qiziqish bildiradi. Mazkur hujjatda siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan aniq loyiha va dasturlarni moliyalashtirish orqali ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyor”, - deydi EI elchisi Eduards Stiprays .

Shuningdek, elchi o‘z nutqi davomida EI va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik borasida ham atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, 2016 yilda ikki tomonlama savdo ayirboshlash 1 mlrd 800 mln evroni tashkil etgan. EI o‘z navbatida, Xitoy, Rossiya va Qozog‘istondan so‘ng to‘rtinchi o‘rinni egallagan holda O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlari beshligiga kirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » EI elchisi: "O‘zbekiston bilan siyosiy va iqtisodiy munosabatlar jadal sur’atda o‘sib bormoqda"