Fitch Ratings’da ta’kidlashlaricha, agentlik tomonidan reytinglanadigan O‘zbekiston banklarining aksariyati o‘rta muddatli istiqbolda kuzatilishi mumkin bo‘lgan so‘m kursining pasayishiga bardoshli, sababi hukumat valyuta bozorini erkinlashtirish va ayirboshlash amaliyotlari nazoratini yengillashtirishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, qator banklar so‘m kursining jiddiy pasayishiga ta’sirchandir.
Fitch O‘zbekiston banklarining so‘m kursining tushishiga bardoshliligini turli ssenariylarda baholadi. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “Mikrokreditbank”, “Trastbank” XAB va “Universal Bank” kapitalga nisbatan nazorat talablarini buzmagan holda, kursning 50 foizga pasayishiga bardosh berishi mumkin bo‘lsa, “Asaka” va “Ipak yo‘li” banklari kursning 20 foizga tushishiga bardosh bera oladi, biroq ularga qo‘shimcha kapital yoki ancha jiddiy pasayish holatida talablardan chetlashishga ruxsat talab etilishi mumkin. “Agrobank” OATB esa hozirning o‘zida minimal talablarga rioya etmayapti.
«Bizning fikrimizcha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri valyuta xavfi past, sababi Fitch tomonidan reytinglanadigan barcha o‘zbek banklari uzun yoki butunlay yopiq valyuta pozisiyalariga ega. Biroq milliy valyutaning erkin konvertasiyasi depozitlarning dollarlashishi o‘sishiga olib kelishi mumkin, natijada barcha banklar qisqa valyuta pozisiyalari bo‘yicha xavfga duch keladi. Bunday holatda banklar o‘z valyuta pozisiyalarini yopish uchun ko‘proq valyuta kreditlarini taqdim etishga majbur bo‘lishlari mumkin, sababi moliyaviy “sug‘urta” instrumentlari O‘zbekistonda juda keng qo‘llanilmaydi. Biroq bu aktivlar sifati uchun xavfni oshirishi, qarzdorlar valyuta “sug‘urtasiga” ega bo‘lmasligi mumkin», - deya ta’kidlaydi Fitch Ratings.
«So‘mning devalvasiyasi (muomaladagi qadrsizlangan qog‘oz pullarni bekor qilish yoki qiymatini tushirish) banklar kapitalizasiyasiga xorijiy valyutadagi aktivlar inflyasiyasi orqali salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lardi, biroq bizning fikrimizcha, ta’sir o‘rtacha bo‘lardi. Devalvasiya shuningdek valyuta kreditlari sifatining pasayishiga ham olib kelishi mumkin. “O‘zsanoatqurilishbank” va “Asaka” bankida ular yuqori darajada (mos ravishda - 2017 yilning 1 choragi oxiri bo‘yicha - 82 foiz va 54 foiz kreditlar) hamda “Ipak yo‘li”da katta darajada (25 foiz). “O‘zsanoatqurilishbank”dagi valyuta kreditlarining asosiy qismi valyuta daromadlariga ega qarzdorlarga taqdim etilgan, bu aktivlar sifatining valyuta kursi tushib ketishiga bo‘lgan xavfini cheklaydi, biroq “Asaka” va “Ipak yo‘li” banklarida valyuta kreditlari biroz zaif”, - deya ta’kidlaydi agentlik.
«Hisobotga ko‘ra, valyutada qarz olish, mijozlar hisoblaridan tashqari, “O‘zsanoatqurilishbank”da yuqori sanaladi (barcha majburiyatlarning 73 foizi). “Asaka” va “Ipak yo‘li” banklarida o‘rtacha (mos ravishda – 31 foiz va 19 foiz) hamda boshqa barcha banklarda past sanaladi. Shu bilan birga, xorijiy qarzni qisqa muddatli to‘lash uncha katta emas (2017 yilda barcha majburiyatlardan 5 foizdan kam) va kreditlarni yopish bilan bog‘liq. Valyuta likvidligi “O‘zsanoatqurilishbank” (umumiy valyutadagi o‘zlashtirmadan 17 foiz) va “Asaka” bankida mo‘’tadil darajada bo‘lsa, “Ipak yo‘li”da kuchli (68 foiz)», - deyiladi Fitch Ratings xabarida.
«Bizning fikrcha, davlatning xorijiy valyutada ko‘mak berish imkoniyati yaxshi, bundan O‘zbekistonning 2016 yil yakunlariga ko‘ra 25 mlrd. AQSh dollari darajasida bo‘lgan yirik valyuta zaxiralari darak bermoqda, bu bank sektori ikki baravar valyuta majburiyatlariga yoki uning tashqi qarzi 11 baravar qiymati bilan barobar. Davlat kafolatlari “O‘zsanoatqurilishbank” va “Asaka” bankida tashqi valyutada jalb etilgan resurslarning sezilarli qismini qoplamoqda», - deya ta’kidlaydi agentlik.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”