O‘zbekistonda issiq sabab bog‘chalar vaqtincha faoliyatini to‘xtatishi mumkin

O‘zbekistonda issiq sabab bog‘chalar vaqtincha faoliyatini to‘xtatishi mumkin

O‘zbekistonda 13–17 iyul kunlari kuchli issiq kuzatilishi prognoz qilinmoqda. Ayrim joylarda havo harorati 46 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qilishicha, shunday sharoitda ayrim hududlarda bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi ehtimoli bor.

Qaror har bir hududdagi holatdan kelib chiqib qabul qilinadi. Bunda havo harorati, bolalar uchun xavf darajasi va sanitariya talablari hisobga olinadi.

Vazirlik bu chora, avvalo, bolalar sog‘lig‘ini asrashga qaratilganini bildirmoqda. Issiq kunlarda kichik yoshdagi bolalarda holsizlik va salomatlik bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Shu sabab ota-onalarga o‘z hududidagi bog‘cha ma’muriyati va rasmiy idoralar xabarlariga e’tiborli bo‘lish so‘ralmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar