Forbes jurnali talqiniga ko‘ra, Alibaba Group elektron tijorat kompaniyasi asoschisi Jek Ma Xitoyning eng badavlat kishisiga aylandi.
Shu tariqa, tadbirkor Wanda Group rahbari Van Szyanlinni ortda qoldirgan.
Aniqlik kiritilishicha, Jek Maning davlati 30,9 mlrd. dollar, Van Szyanlinniki esa - 30,7 mlrd dollarga baholangan.
Foto: China Daily
Wanda Group asoschisi asosan ko‘chmas mulk va ko‘ngilochar sohalar tufayli pul ishlab topadi. Jek Maning davlati esa 2017 yilda Alibaba aksiyalari qimmatlashgani bilan bog‘liq.
Shu bilan birga, Osiyoning eng boy kishisi sifatida hongkonglik multimilliarder Li Szyachen e’tirof etildi. Uning mablag‘lari 32,9 mlrd. dollarga baholandi.
Alibaba Group – Xitoyning yirik kompaniyasi bo‘lib, elektron tijorat sohasida faoliyat olib boradi. U 1999 yilda tashkil topgan hamda tarkibiga AliExpress.com, Taobao.com, Tmall.com, Alibaba.com va Alibaba Pictures kabi kompaniyalar kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi