7 017
«O‘zbekneftegaz» Kaspiy dengizining Turkmaniston qirg‘og‘ida loyihalar amalga oshirishi mumkin
“O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi Kaspiy dengizi shelflarida Ozarboyjon va Turkmanistondan bo‘lgan sheriklar bilan qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Trend’ga xolding vakili dushanba kuni xabar berganligini Kun.uz nashri ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi doirasida iqtisodiy va energetik sohalardagi hamkorlikka oid qator hujjatlar imzolangandi. Ular orasida “O‘zbekneftegaz” va “Turkmannabit” davlat konserni o‘rtasida kelishuv bor. Hamkorlik, xususan, Kaspiy shelfidagi konlarni birgalikda o‘zlashtirish imkoniyatini nazarda tutadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar kelajakda uglevorodlar qazib olish bo‘yicha mahsulotni bo‘lish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolash niyatida.
“Rejalashtirilayotgan hamkorlik ikki davlat neftni qayta ishlash zavodlarining ishlab chiqarish imkoniyatini yanada oshirish imkonini beradi”, - degan xolding vakili.
Ozarboyjonning SOCAR davlat kompaniyasi bilan memorandum esa, “O‘zbekneftegaz” MXK boshqaruv raisi Alisher Sultonovning xalqaro press-klub ishi davomidagi so‘zlariga ko‘ra, bizni bor bo‘lgan konga sherik sifatida qabul qilishni ko‘zda tutadi.
“Ozarboyjon tomoni bizga xodimlarni tayyorlash, shelfda ishlashga texnologik va ruhan tayyorlanishda ko‘mak beradi”, - degan Sultonov.
“O‘zbekneftegaz”dan xabar qilishlaricha, SOCAR bilan qo‘shma ishlarga oid bandlar keyinchalik aniqlanadi.
“O‘zbekneftegaz” 1992 yilda tashkil topganidan beri O‘zbekiston hududidan tashqarida loyihalarni amalga oshirmagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin