09:26 / 19.07.2017
5 852

O‘zbekiston va Qirg‘iziston aviareyslar sonini oshiradi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston aviareyslar sonini oshiradi
Toshkentda Bishkekka aviareyslar sonini oshirish hamda O‘zbekiston poytaxti va boshqa shaharlaridan Tomchiga (Issiqko‘l) reyslar ochish muhokama qilindi, deb yozmoqda Gazeta.uz sayti.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston aviakompaniyalari o‘n yil ichida birinchi marotaba uchrashuv o‘tkazdi. O‘zbekiston Davavianazoratda o‘tgan hafta transport va yo‘llar vaziri o‘rinbosari Gulmira Abdralieva boshchiligidagi Qirg‘iziston delegasiyasi qabul qilindi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, uchrashuvda Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlaridan «Tomchi» xalqaro aeroportiga parvozlarni amalga oshirish, «O‘sh» xalqaro aeroporti hududida havo kengligidan foydalanish va aviatashuvchilarning tijoriy hamkorligi masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Toshkent-Bishkek-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha «O‘zbekiston havo yo‘llari» parvozlari sonini haftasiga to‘rt marotabagacha oshirish masalasi ko‘rib chiqildi. Qirg‘iziston tomoni O‘zbekiston aviatashuvchisiga Qirg‘iziston orqali tranzit parvozlarini amalga oshirishga ruxsat berishga tayyor ekanini bildirdi.

Gulmira Abdralieva Toshkent-Issiqko‘l-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslarini qayta tiklashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston va Qirg‘iziston aviareyslar sonini oshiradi