Moskva birjasida dollar kursi 69 rublga etdi

Arzonlashayotgan neft ortida Moskva birjasida 5 fevraldan beri ilk bor dollarning kursi 69 rublga etdi, evro kursi 78 rubldan oshib ketdi.
Shu tariqa, 21 avgust kuni dollar narxi 1,12 rublga oshib, 69,07 rublni tashkil qildi, evro kursi 2,11 rublga oshib, 78,49 rublni tashkil qildi.
WTI turidagi neft narxi Nyu-York xom ashyo birjasida 21 avgust kuni mahalliy vaqt bilan 13:00da bir barreli uchun 40 dollarga tushdi. Bir soat o‘tib 39,97 dollarga, ya’ni savdolar boshidan 1,35 dollar yoki 3,27 foizga – oxirgi 6 yil ichidagi eng past darajaga tushib ketgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing