6 509
O‘zbekiston valyuta bozorini liberallashtirish mahsulotlar qimmatlashuviga olib kelishi mumkin
O‘zbekistonda mamlakat iqtisodiyotini valyuta islohotlarini o‘tkazishga, ya’ni milliy valyutaning xalqaro valyutalarga erkin almashinuvini yo‘lga qo‘yishga hozirlik ko‘rmoqda. Xalqaro Press-klub sessiyada ishtirok etgan spikerlar bu mavzuni ham chetlab o‘tishmadi. Xususan, konvertasiya masalasida fikr bildirgan O‘zbekiston Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Shuhrat Ismoilovga ko‘ra, bunda ayrim mahsulotlar tanqisligi kuzatilishi va ularning qimmatlashishi kuzatilishi mumkin, deb ma’lum qildi Kun nashri.
«Bizning zaxiralar ayrim sohalarning yangi sharoitlarga moslashib olishdagi yo‘qotishlarini qoplashga etadi. Asosiy masala – inflyasiya, pulning qadrsizlanishi. Shu narsa aniqki, iqtisodiyot liberallashtirilganda, ayrim mahsulotlar qimmatlashadi. Bunga bizning mahsulotlarning tashqi bozorlarda narxi bo‘ycha raqobatbardosh bo‘lgani ham sabab bo‘ladi. Xorijiy mamlakatlarda o‘zbek mahsulotlariga talab ortganidan so‘ng, ichki bozorda tanqislik yuzaga kelishi mumkin», – dedi Shuhrat Ismoilov.
Uning aytishicha, hukumatning moliya-iqtisodiy idoralari bu masalani ham jiddiy o‘rganmoqda.
«Gap shundaki, barcha sohalar, bank tizimi va bizlarning asosiy ishlab chiqaruvchilarimiz valyuta liberallashuviga bir onda yoki bosqichma-bosqich o‘tishimizdan qaysi biriga tayyor? Biz bu yo‘nalishda XVJ bilan ko‘plab muhokamalarni olib bordik, qaysi sohalar zarar ko‘radi, ularni qancha muddatga moliyaviy qo‘llab-quvvatlashimiz kerak bo‘ladi? Ushbu holatlar Markaziy bank, Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari bilan tahlil qilinmoqda. Yana bir marta takrorlayman, biz barcha sohalarimizni erkin valyuta kursiga tayyorlashimiz kerak», – dedi Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi