Neft va aksiyalar narxi o‘sa boshladi

Moliya bozorlarida va birjalarda neft, aksiyalar va metallar narxi payshanba kunidan o‘sa boshladi. Federal zaxiraning AQShda foiz stavkalari o‘sish ehtimollarini kamaytirish bozordagi o‘sishga sabab bo‘ldi.
Uoll-Stritda aksiyalarning keskin ko‘tarilishi bilan Xitoy fond indekslari ham o‘sa boshladi.
WTI rusumli neft narxi ertalab 2 foizga oshib, 39.40 dollarni tashkil qildi, deb xabar beradi Bloomberg agentligi.
Brent neftining oktyabr fyucherslari narxi Londonning ICE Futures birjasida 2.3 foizga oshib, 44.12 dollarni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta AQSh neft zaxiralari, ko‘tarilish kutilayotganiga qaramay, 5.45 mln barrelga kamaydi. Buning natijasida neft narxi iyun oyidagi eng yuqori ko‘rsatkichga nisbatan 30 foizga tushib ketdi.
Bundan tashqari, Londonda mis 1.5 foizga, qo‘rg‘oshin 1.1 foizga qimmatlashdi.
Kecha AQSh aksiyalar bozori oxirgi 4 yilning o‘sish rekordini qayd etdi. Dow industrials indeksi 3.95 foizga yoki 16 285.51 punktga oshdi. S&P500 tarkibiga kiruvchi aksiyalar kapitalizasiyasi 643 mlrd dollarga oshib, oxirgi kunlarda ko‘rilgan zararni 1.4 trln dollarga qisqartirdi.
MarketWatch resursining ma’lum qilishicha, Bloomberg Russia-US Equity Index indeksi ham 1.8 foizga qimmatlashgan, jumladan, “Gazprom” qog‘ozlari 2.8 foizga, “Mechel” qog‘ozlari 6.8 foizga oshgan.
Payshanba kuni Xitoy moliya bozorida ham o‘sish boshlandi. Bugun Shanghai Composite indeksi 1.6 foiz o‘sdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing