7 053
Yangi qaror: Tijorat banklari aholidan xorijiy valyuta sotib olish uchun naqd pul bilan ta’minlanadi
Markaziy bank tomonidan tijorat banklari fuqarolardan valyuta sotib olishi uchun zarur naqd pul mablag‘lari bilan ta’minlanadi. Bu haqda 12 avgust kuni Markaziy bankning tegishli qarori tasdiqlandi.
Tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shaxobchalari orqali naqd chet el valyutasini sotib olish uchun tijorat banklari filiallarini yetarli miqdorda naqd so‘m bilan ta’minlash maqsadida Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari tijorat banklari filiallariga madad pullari beradi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Madad pullari Markaziy bankning hududiy boshqarmalari hisob-kitob-kassa markazi aylanma kassasidagi naqd pullar hisobidan beriladi.
Ushbu madad pullari faqatgina tijorat banki filiallarining valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun ishlatiladi.
Jismoniy shaxslardan chet el valyutasini xarid qilish uchun so‘mda madad puli berish O‘zbekiston Markaziy banki Respublika inkassatsiya xizmati joylardagi boshqarmalari (bo‘limlari) orqali tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar, tijorat banklarining yozma buyurtmalari hamda Respublika Markaziy banki va uning joylardagi boshqarmalari farmoyishlari asosida amalga oshiriladi.
Bank filiali rahbari, bosh buxgalteri va kassa mudiri Markaziy bankning joylardagi boshqarmalaridan chet el valyutasini sotib olish uchun olingan madad pullarining butligini ta’minlash hamda maqsadli ishlatilishi bo‘yicha mas’ul hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi