Millionlab o‘zbekistonliklar va xorijliklar tomonidan muhokama qilinayotgan valyutaga oid islohotlar o‘z natijasini bermoqda...
Avvalroq, 6 sentyabrdan boshlab valyuta birjasida har kuni o‘tkazilgan sotib olish va sotish natijasida chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklifning joriy nisbati asosida valyuta kursi aniqlanishi haqida xabar bergan edik, deydi Qalampir.uz nashri.
Bugungi birja savdolarida AQSh dollarining milliy valyuta — so‘mga nisbatan kursi 14 so‘mga pasaydi.
Kecha, 5 sentyabr kungi savdolarda rasmiy kurs 8110 so‘m bilan yakunlangan bo‘lsa, bugun 18:00 holatiga ko‘ra rasmiy kurs 8096 so‘mni tashkil etdi.
Ushbu voqea odamlarning kayfiyatini doimo buzadigan rasmiy kurs oshishi xabarlariga nisbatan ijobiy holat sifatida baholanmoqda.
Xorijiy valyutaga nisbatan bozor qonuniyatlarining joriy qilinishi natijasi o‘laroq kurs tushishi kuzatilmoqda, deya dastlabki xulosa yasash mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi