08:10 / 19.09.2017
6 580

O‘zbekiston Rossiya va Qozog‘istondan 1 mln tonna neft olib keladi

O‘zbekiston Rossiya va Qozog‘istondan 1 mln tonna neft olib keladi
"O‘zbekneftegaz" AJ tomonidan 2018 yilda milliy neftini qayta ishlash zavodlari uchun Rossiya va Qozog‘istondan bir million tonnagacha neft mahsulotlarni import qilishni rejalashtirilgan. Bu haqda kompaniya boshqaruv raisi Alisher Sultonov ma’lum qildi.

"2017 yilda sentyabr oyida tajriba tariqasida 30 ming tonna neft va yil yakuniga qadar 200 ming tonnaga neftni olib kelish ko‘zda tutilgan. Kelgusi yilda bu ko‘rsatkichni bir million tonnaga yetkazamiz. Rossiyalik sheriklar bilan Hukumatlararo bitim tayyorlanmoqda. Qozog‘iston bilan bitim mavjud", — dedi Sultonov.

"O‘zbekneftegaz" rahbari Omsk-Pavlodar-Shimket neft quvuri orqali sinov tariqasida amalga oshirilishi haqida eslatib o‘tdi. Keyinchalik O‘zbekistonga neft quyma temir yo‘l orqali amalga oshiriladi.

"Bu Rossiya energentika vazirligi va Transneft kompaniyasi tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan", — deb ta’kidladi Sultonov.

Bundan avval "Transneft" vitse prezidenti Sergey Andronov kompaniya jurnaliga bergan interyusida, O‘zbekiston va Qirg‘izistonga Qozog‘iston hududi orqali yiliga 0,5 mln tonna neft mahsulotlarini yetkazib berish mumkinligini tasdiqlagan edi.

Sultonovga ko‘ra, "O‘zbekneftegaz" 2018-2020 yillarda bir million tonnagacha xom neftni import qilinadi. 2021 yildan Jizzax viloyatida neft qayta ishlash zavodi ishga tushirilishi bilan bu ko‘rsatkichni 5 million tonnagacha ortadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil aprel oyida Jizzax viloyatida qiymati 2,2 mlrd dollarlik neftni qayta ishlash majmuasini qurish ishlari boshlashiga bag‘ishlangan tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Iyun oyida Gas Project Development Central Asia AG (40 foiz) va "O‘zbekneftegaz" (60 foiz) Jizzah Petroleum korxonasi tashkil etilgan edi. Bosh pudratchi Gazprombank guruhi tomonidan nazoratga olingan Enter Engineering bo‘ldi. Ushbu majmua yiliga 5 mln tonna uglevodorodlarni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi. Unga xom ashyo asosan Rossiya va Qozog‘istonddan yetkaziladi. Majmuaga 100 km bo‘lgan Qozog‘iston hududidan o‘tuvchi Omsk-Pavlodar-Shimkent neft quvuri orqali yetkaziladi.

Bundan avval Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston O‘zbekistonga yiliga bir million tonnagacha neft mahsulotlarni yetkazib berishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Manba: sof.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston Rossiya va Qozog‘istondan 1 mln tonna neft olib keladi