Valyuta-konvertatsiya masalasida ko‘pchilik savollar o‘z javobini topayotgani va bunda Markaziy bank tomonidan turli tadbirlarning tashkil etilgani asosiy o‘rin tutmoqda.
Biroq ayrim holatlarda tadbirkorlar huquqlarining buzilishi holatlari uchrab turibdi. Shu munosabat bilan Markaziy bank matbuot xizmati rasmiy bayonotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 2 sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonga ko‘ra 5 sentyabrdan:
- O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun tijorat banklarida chet el valyutasini cheklovsiz sotib olishlari mumkin. Bunda tovar, ish va xizmatlar importi, foyda repatriatsiyasi, kreditlarni qaytarish, xizmat safari xarajatlarini to‘lash va boshqa savdo xarakteriga ega bo‘lmagan o‘tkazmalar — joriy xalqaro operatsiyalar deyiladi;
- iste’mol tovarlari importi bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga chet el valyutasini jismoniy shaxslar uchun o‘rnatilgan tartibda, banklardagi hisobvaraqlar orqali sotib olishga ruxsat beriladi. Bunda sotib olingan xorijiy valyuta mijozning hisob raqamiga o‘tkazib beriladi va mijozga xalqaro to‘lov kartasi taqdim etiladi.
Shu munosabat bilan, yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar chet el valyutasini cheklanmagan miqdorda sotib olishlari va o‘z ixtiyorlariga ko‘ra sotib olingan mablag‘larni joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirishlari mumkin.
Bunda sotib olinayotgan chet el valyutasi uchun to‘lov yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan quyidagi mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi mumkin:
- yakka tartibdagi tadbirkorning savdo tushumi;
- bankka topshirilgan naqd mablag‘lar.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar sotib olingan valyuta mablag‘larini quyidagi yo‘llar bilan cheklovlarsiz ishlatishlari mumkin:
- mamlakatdan tashqarida xalqaro to‘lov kartalari orqali, shu jumladan, bankomatlardan naqd xorijiy valyutani yechib olish yo‘li bilan;
- tasdiqlovchi hujjatlar asosida (invoys yoki to‘lov uchun hisob yoxud import shartnomasi) tovarlar va xizmatlar importi uchun to‘lovni bank o‘tkazmasi orqali amalga oshirish.
Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining ro‘yxati va “ishonch telefonlari” raqamlari ma’lumot uchun ilova qilingan.
Bunda xorijiy valyutani sotib olish bilan bog‘liq savollar yoki muammolar vujudga kelgan hollarda ko‘rsatilgan raqamlar orqali tijorat banklariga yoki Markaziy bankka murojaat qilish so‘ralgan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining ishonch telefon raqamlari.
Manba: qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!