15:59 / 28.09.2017
5 931

Ko‘zi yaxshi ko‘rmaydiganlarga ajoyib yangilik!

Ko‘zi yaxshi ko‘rmaydiganlarga ajoyib yangilik!
Yaqinda Garvard universitetining bir qator tibbiyot olimlari shu sohada yangi ixtironi yaratdilar. Olimlar ko‘z faoliyatini qayta tiklash va ko‘zda yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish mumkin, deb ta’kidlashmoqda...

Ularning fikricha, ular yaratgan tanaga joylashtiriluvchi “mikro chip” bilan bunga erishish mumkin. “Mikro chip” inson tanasiga joylashtiriladi va u ko‘zdagi ishlamayotgan to‘qimalarning faoliyatini tiklaydi, ko‘zning ko‘rish sifatini yaxshilab, undagi sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida foydalanuvchini boxabar etib boradi. Shuningdek, doimiy miya bilan uzviy aloqada bo‘lib, ko‘z-miya faoliyatini tezlashtiradi.

Bu “mikro chip” Garvard universitetining bir qator tibbiyot olimlari tomonidan “Kelajak ixtirosi” deya ta’kidlanmoqda. Shu yilning mart oyidan boshlab bu ixtironing sinov muddati boshlanadi, lekin boshqa shu sohadagi olimlarning ta’kidlashlaricha, ixtiro nuqsonlardan xoli emas va u yana qayta takomillashtirilishi zarur. Lekin ixtirochilar sinovdan oldin bu ixtironi maymunda sinab ko‘rishdi va ajoyib natijalarga erishishganini hamda asosiy sinovdan oldin bu ixtiro bo‘yicha keskin qaror chiqarmaslikni aytishmoqda.

Manba: Darakchi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Ko‘zi yaxshi ko‘rmaydiganlarga ajoyib yangilik!