Britaniyaning innovatsiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi Nesta va Oksford universitetining talabalarnitayyorlash maktabi o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, 2030 yilda merchendayzer, uzoq masofalarga qatnovchi haydovchi va ma’mur kasblari to‘liq avtomatlashtiriladi. O‘chituvchilar, biotexnologiya sohasidagi olimlar va hamshiralar esa aksincha talabgir bo‘ladi. Bu haqda «MIT Technology Review»ga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
Ma’ruzada kelajak kasblari uchun zarur bo‘ladigan malakalar haqida bayon qilingan. Ulardan biri qarorlar qabul qila olish, bo‘lg‘usi harakatlardan foyda yoki ziyon ko‘rishni tahlil qila olish bo‘ladi. Shuningdek, g‘oyalar yaratish uquvi ham yuqori baholanadi.
10 yildan keyin boshqalarni o‘qitish uquvi yanada yuqoriroq baholanadi. Ma’lumotni yetkaza oluvchi va o‘qitishning individual rejasini tuza oluvchi mutaxassislarga talab katta bo‘ladi.
Nihoyat, originallik – 2030 yilda hamma malakalardan muhimroq malaka bo‘ladi. Bu turli xil masalalarning noodatiy yechimlarin topish demakdir. Ma’ruzada ta’kidlanishicha, ijodkorlik, moslashuvchanlik va fikrlay olish malakalari muayyan bilim va malakalarga ega bo‘lishdan muhimroq bo‘ladi, chunki ularni robot va sun’iy ong algoritmlari bilan oson almashtirish mumkin.
Alibaba kompaniyasi asoschisi Jek Maning fikricha, bolalarni zavodda ishlashga tayyorlovchi hozirgi ta’lim tizimi zamonaviy va kelajak sinovlariga mos emas, chunki ishlab chiqarish sanoati iqtisodiyotning yetaklovchi kuchi hisoblanmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»