20 oktyabr kuni bitkoinning kursi 6 ming dollardan oshdi. Bu haqda CoinDesk kriptovalyuta birjasining ma’lumotlariga asoslanib, «RBK» xabar berdi.
Kurs 6,003 dollarga qadar ko‘tarildi. Hozirda bitkoin kapitalizatsiyasi deyarli 99,5 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Bundan oldingi rekord 12 oktyabr kuni, kriptovalyutaning kursi 5 ming dollarlik marradan o‘tganida qayd etilgandi.
O‘shanda bitkoin kapitalizatsiyasi 84,7 milliard dollardan oshgan.
Ertasiga esa, kriptovalyutaning kursi bir kun davomida 20 foizga o‘sib, 5855 dollarni tashkil etgan edi.
Bitkoin kursi faqat bir marta, 2 sentyabr kuni 5 ming dollardan oshgan, biroq sentyabr o‘rtalarida Xitoyda barcha ICO (Initial Coin Offering — tangalarni birlamchi joylashtirish, yangi texnologik loyihalarga investitsiya jalb qilish shakli)lar taqiqlangani sabab, 3000 dollarga tushib ketgandi.
Bugungi kunda mashhurligi va qiymati bo‘yicha dunyo ikkinchi o‘rinda Ethereum kriptovalyutasi turadi. CoinDesk ma’lumotlariga ko‘ra, uning qiymati 307,14 dollarni tashkil etmoqda.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»