Jahonning eng mashhur virtual pul birligiga aylangan Bitkoin (bitcoin) 8 noyabr kungi birja savdolarida navbatdagi tarixiy ko‘rsatkichiga erishdi va 7,8 ming dollarlik pog‘onadan oshdi. Bunga xardfork deb nomlangan valyutaning dasturiy kodiga o‘zgartirish kiritish xususidagi SegWit2x rejasidan voz kechgani sabab bo‘ldi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
May oyida ishga tushirilgan tashabbus tarmoqning o‘tkazish qobiliyatini kengaytirishni va bitkoinning qamrovini yaxshilashni nazarda tutar edi. Avgust oyida ishlab chiqaruvchilar jamoasi SegWit xardforki ishga tushirilganda ilk o‘zgarishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgandi. Shundan beri jamoa ikkinchi bosqichda bitkoin blokining hajmini 2Mbgacha oshirishni rejalashtirgandi.
Bu rejalar bozorda xavotirlarga sabab bo‘ldi. Natijada Mayk Belsh, Vanes Kasares, Jihan Vu, Jeff Garzik, Piter Smit va Erik Vooris bitkoin-hamjamiyatga maktub yo‘llab, uni ikki guruhga ajratish va ayri tizimga o‘tish SegWit2x maqsadi bo‘lmaganini e’lon qilishdi. Shu sababli 2Mb-xardfork bosqichini to‘xtatishga qaror qilindi.
Bitfinex birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, kriptovalyuta kursi 8noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:00 da 8,44 foizga ko‘tarilib, 7,7 ming dollarga yetgan. Yangilik e’lon qilingach, valyuta kursi 7,89 ming dollarga yetgan. Bu uning uchun tarixiy maksimum bo‘ldi.
Shunday qilib, bitkoin kapitallashuvi 124 mlrd dollarga yetdi. Kriptovalyutalar bozorining umumiy kapitallashuvi 203,7 milliard dollarni tashkil etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»