5 079
Citigroup prezidenti: Hukumatlar noiloj o‘z kriptovalyutasini chiqarishni boshlaydi
Bitkoin dunyo moliya tizimiga real xavf soladi va turli davlatlar hukumatlarida o‘z kriptovalyutalarini chiqarishdan boshqa tanlov qolmaydi, deb hisoblamoqda Citigroup Inc. prezidenti Maykl Korbat.
“Hukumatlar qandaydir odamlar ularni ma’lumotlarni nazorat qilish, soliqlar yig‘ish, pullarni yuvishga qarshi kurashish va “o‘z mijozini” bilish me’yoriga amal qilishda cheklashlarini oson qabul qila oladilar, deb o‘ylamayman. Ehtimol, hukumatlar kriptovalyuta emas, bu to‘g‘ri kelmaydigan atama, o‘z raqamli valyutalarini taqdim qiladilar”, deb aytdi Korbat Bloomberg’ga bergan intervyusida.
Bu esa ko‘pchilik bitkoinning valyuta sifatida “yashab keta olishiga” shubha bildirayotgan tarmoqda yangi imkoniyatlarni ochadi, vaholanki yaqinda uning narxi 7500 dollargacha ko‘tarilib ketdi.
Korbatni bitkoin bank tizimidagi ko‘plab himoya choralarini chetlab o‘ta olishi tashvishlantirmoqda.
Misol uchun, AQSh qonunchiligi banklardan tranzaksiyalarni pullarni yuvish, poraxo‘rlik, korrupsiya va terrorchilikni moliyalashtirishda qo‘llanmasligini kuzatishni talab qiladi. Bu orada bitkoin anonim hisoblanadi va uni kuzatish juda murakkabdir.
Bitkoinlarga shubha bilan qaraydigan JPMorgan Chase & Co. banki rahbari Jeyms Daymon agar nimadir rejadagidek ketmasa, hukumatlar bitkoinga davlat nazoratisiz mavjud bo‘lishga ijozat berishlariga shubha bildirdi. “Hukumatlarga o‘z pul massasini nazorat qilish yoqadi”, deb aytdi mutaxassis.
Hozirda ko‘plab davlatlar markaziy banklari o‘z kriptovalyutalarini joriy qilish haqida o‘ylamoqda. Misol uchun, Xitoy markaziy banki huzuridagi raqamli valyutalarni o‘rganish instituti direktori Yao Syan mamlakat markaziy banki maksimal qisqa muddatlarda o‘z kriptovalyutasini chiqarishi kerakligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»