O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 9 dekabr kungi kengaytirilgan yig‘ilishida asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlari va soliq hamda byudjet siyosati konsepsiyasi va 2018 yilgi davlat byudjeti loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda O‘zA'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Keyingi yilga mo‘ljallangan soliq-byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari soliq yukini kamaytirish, soliqlar va majburiy to‘lovlar miqdorini qisqartirish, mahalliy byudjetlar daromad bazasini mustahkamlash va ularning mustaqilligini oshirish, resurslardan ratsional foydalanish hamda byudjetga tushumlar to‘liqligini ta’minlashni nazarda tutadi.
Xususan, rejaga ko‘ra: daromad solig‘i hamda ijtimoiy infratuzilmani obodonlashtirish va rivojlantirishga soliqni umumiy bazaviy stavkani 15,5% dan 14,5% gacha pasayishi bilan birga birlashtirish;
Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi, ta’lim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish Jamg‘armasiga majburiy to‘lovlarni bir to‘lovga birlashtirish – davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlarga umumiy stavkani 3,5% dan 3,2% ga bir vaqtda pasaytirish bilan birga, bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ixtiyorida qariyb 411 milliard so‘mni qoldirish imkonini beradi;
Jismoniy shaxslar daromadlariga soliq yukini fuqarolarning yakka tartibdagi jamg‘arma hisobvaraqlariga chegirma miqdorini 1% dan 2% ga qadar oshirish hisobidan kamaytirish, bu umuman olganda fuqarolar jamg‘armalarini 450 milliard so‘mdan ko‘proqqa oshirish imkonini beradi;
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkasini o‘rtacha 30 foizga pasaytirish, bu aholining tadbirkorlik faolligini oshirishga qaratilgan;
mintaqalar va faoliyat olib boriladigan joyning o‘ziga xos jihatlari hisobga olingan holda, mahalliy hokimiyat organlariga jismoniy shaxslar mol-mulkiga soliq, yer solig‘i va qat’iy belgilangan soliq bo‘yicha o‘rnatilgan bazaviy stavkalarga 0,7-1,3dan pasaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni kiritish.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»