date

O‘zbekistonda kungaboqar yog‘i ishlab chiqarish hajmi ko‘paytiriladi

O‘zbekistonda kungaboqar yog‘i ishlab chiqarish hajmi ko‘paytiriladi

Toshkentda 5-6 noyabr kunlari o‘tadigan xalqaro investision forumda muhokama qilinadigan masalalardan biri O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatiga investisiyalar kiritish bo‘ladi.

Ma’lumki, ayni kunlarda O‘zbekistonda ushbu sohadagi 8 424 korxona faoliyat yuritmoqda. 2015 yil oktyabri boshiga kelib mamlakatda oziq-ovqat sanoati ishlab chiqarishi 10114.5 mlrd so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilgi o‘sish sur’atlarining 116.7 foizini tashkil qildi. Sohaning sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 16.3 foizni tashkil qildi.

Tadbirda ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda kungaboqar yog‘i ishlab chiqarish hajmi ko‘paytirilishi rejalashtirilmoqda.
Bugungi kunda bu turdagi yog‘ning 40 foizini mamlakatga Rossiya ishlab chiqaruvchilari etkazib beradi. Shu bois oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi bu yo‘nalishning ichki bozor uchun muhimligini anglagan holda choralar ko‘rmoqda.

Ilgari paxta yog‘i ishlab chiqarishga urg‘u berilgan bo‘lsa, bugun kungaboqar, soya va maxsar yog‘larini ishlab chiqarishga e’tibor qaratilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda kungaboqar yog‘i ishlab chiqarish hajmi ko‘paytiriladi