O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket ettinchi hafta kamida 14 so‘mga qimmatlashdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2015 yil 17 noyabrdan boshlab valyuta operasiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi, deb yozmoqda Daryo.uz nashri.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2721 so‘m 12 tiyin etib belgilandi. Bu 10 noyabrdagi kursga nisbatan 14 so‘m 53 tiyinga yuqori. Qayd etish joiz, O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket ettinchi hafta kamida 14 so‘mga qimmatlamoqda. Bungacha kurs 4—6 so‘m atrofida yuqorilab borayotgan edi.
Shuningdek, 17 noyabrdan e’tiboran 1 evro qiymati 2931 so‘m 74 tiyin (10 noyabrdagi kursga nisbatan 33 so‘m 85 tiyin arzon), 1 Rossiya rubli esa 40 so‘m 84 tiyin (10 noyabrdagi kursga nisbatan 1 so‘m 66 tiyin arzon) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing