21:52 / 29.01.2018
5 480

Nobel mukofoti laureati: Bitkoinlarni ommaviy inqiroz kutayapti

Nobel mukofoti laureati: Bitkoinlarni ommaviy inqiroz kutayapti
Bitkoinlar olamini ommaviy inqiroz kutayapti, kriptovalyuta qiymatining keskin oshib ketishi esa “lola talvasasi”ni eslatadi.

Iqtisodiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti laureati Robert Shiller “CNBC” telekanaliga bergan intervyusida shular haqida to‘xtalib o‘tdi.

Olimning jamiyat bitkoin narxiga nisbatan umumiy fikrga kelmas ekan, u real qiymatga ega bo‘lmasligiga ishonchi komil.

“Garchi insonlar oltin kabi boshqa qimmatbaho buyumlarni sarmoya sifatida qabul qila olmasa ham, ularning narxi bor”, - deydi Shiller.

“Hozirgi vaziyat menga 1640-yillarda Niderlandiyada avj olgan “lola vasvasasi”ni eslatayapti. Biz hozirgacha lolalar uchun pul sarflaymiz, hatto ba’zan me’yoridan ortiq to‘laymiz. Bitkoin yo‘q bo‘lib ketishi va uni unutish mumkin, bu ehtimoli katta bo‘lgan oqibatdir. Lekin bu payt kelishiga ko‘p vaqtlar bor, hatto 100 yil”, - deydi iqtisodchi.

Ma’lumot uchun: “lola talvasasi” 1636-1637 yillarda Gollandiyada lola piyozi atrofida ko‘tarilgan ajiotaj(biror maqsadni ko‘zlab sun’iy ravishda ko‘tarilgan shov-shuv)bo‘lib, mamlakatni iqtisodiy inqirozga olib kelgan.

Ilgari xabar qilinganidek, o‘tgan yil dekabr oyida bir bitkoin kursi(VTS) 20 ming AQSh dollariga yetib, ushbu kriptovalyutani umumiy kapitallashtirish hajmi 330 milliard dollardan oshib ketgandi. Shu yil yanvar oyidan boshlab esa uning narxi keskin arzonlashib, ayni paytda 11 ming dollar atrofida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shiller 2013 yilda “aktivlar qiymatini empirik tahlili” uchun iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan. U iqtisodiy “pufakchalar” tabiatiga bag‘ishlangan “Irratsional nekbinlik” asari tufayli juda mashhur bo‘lib ketgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Nobel mukofoti laureati: Bitkoinlarni ommaviy inqiroz kutayapti