
Qozog‘istonning tashqi qarzi so‘nggi 10 yil ichida 74,6 mlrd dollarga oshib, 2017 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra 168,9 mlrd dollarni tashkil etdi.
Qozog‘iston Milliy banki ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi qarzlarning o‘sishi, asosan, xorijiy kompaniyalar filiallari tomonidan mamlakat hududida neft-gaz loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan firmalararo qarzdorlikning o‘sishi hisobidan yuz berdi (+76,7 mlrd dollar). Shuningdek, iqtisodiyotning moliyaviy bo‘lmagan sektori (+26,2 mlrd dollar) va hukumatning (+10,8 mlrd dollar) yevrobondlarni chiqarish hamda kreditlarni jalb qilish tufayli tashqi qarzlari ko‘paygan.
Milliy bankning tashqi majburiyatlari deyarli o‘zgarishsiz qoldi, mamlakat tashqi qarzi hajmidan o‘rtacha 0,6%ni tashkil etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar