20:00 / 06.06.2018
4 109

Birjada dollar 7900 so‘mga yaqinlashdi, yevro keskin ravishda 9795 so‘mgacha ko‘tarildi

Birjada dollar 7900 so‘mga yaqinlashdi, yevro keskin ravishda 9795 so‘mgacha ko‘tarildi
O‘zbekistonda dollar kursi 5 sentyabrda erkinlashtirish boshlangandan beri eng past darajada savdo qilinmoqda – 7912 so‘m. Bundan O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasining ma’lumotlari darak beryapti.

So‘m 2018 yil fevralidan boshlab faol mustahkamlanib bordi – bunga qadar u bir dollarga 8190 so‘mgacha arzonlashib ketgandi. Aprel oyi oxirlaridagi biroz pasayishdan so‘ng valyuta yana mustahkamlanib bordi va hozirda 7900 so‘mga yaqinlashdi.

Yevro bilan vaziyat esa biroz boshqacha, u shu hafta narxda keskin o‘sdi va 9765 so‘mgacha chiqdi. Masalan, may oyi oxirlarida u 9395 so‘mdan savdo qilingan. Yevroning o‘sishiga iyun oyidan boshlab valyuta dollarga nisbatan qimmatlashib borgani ham aloqador bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda dollar kursi 7 950 so‘mdan, yevro - 9 300 so‘mdan pastga tushib ketgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Birjada dollar 7900 so‘mga yaqinlashdi, yevro keskin ravishda 9795 so‘mgacha ko‘tarildi