Qancha iste’mol qilish kerak?
Inson sog‘lom bo‘lishi uchun bir yilda o‘rtacha 10 kilogramm parranda go‘shti va 121 dona tuxum iste’mol qilishi zarur.
Tarkibi va hazmi
Parranda go‘shti tez hazm bo‘ladi. Tarkibi kimyoviy unsurlarga boy, 2 oylik jo‘ja go‘shtida 20 foizga yaqin oqsil, 10-12 foiz yog‘ bo‘ladi. Broyler jo‘jasi go‘shtining hazm bo‘lish koeffitsiyenti 94-95 foizga teng.
Zotlari
Aholi xonadonlarida tuxum uchun «Lomann» (Germaniya), «Dekalp», «Xayseks» (Gollandiya), «Xay-Layn» (AQSh) va «Rodonit-3» (Rossiya) zotlari boqiladi. Hozir bozorlarimizdagi tuxumlarning 70 foizi «Lomann» zotlari ulushiga to‘g‘ri keladi. Ushbu zotli parrandadan uy sharoitida bir yilda 270 donagacha tuxum olish mumkin.
Go‘sht uchun
Broyler (inglizchada «olovda qovurish», degani) — tez yetiladigan go‘shtdor jo‘ja. Go‘shtidan asosan parhez taomlar tayyorlanadi. Buning uchun jo‘ja qisqa muddatda semirtiriladi. Broylerlarni boqish ko‘pi bilan 5-6 haftani tashkil etadi.
Semirtirish
38-42 kunda broyler jo‘jalarining tirik vazni 2,3-2,5 kilogrammga yetadi. Bunday jo‘jalar texnologiya bo‘yicha 1-2 kun ichida so‘yilishi kerak.
Broyler zotlari
Oddiy uy jo‘jasi, asosan, tuxum uchun boqiladi. Go‘sht olish uchun og‘ir vaznli va tez yetiladigan «Ross-308», «Kobb», «Xabbord F-15» broyler krosslari, «Kornish», «Oq plimutrok», «Nyugempshir» kabi sertuxum, sergo‘sht zotli xo‘roz va tovuqlar chatishishidan olingan duragay jo‘jalar tanlanadi.
Manba: "Oila davrasida"
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi