
KASE valyuta birjasidagi kunduzgi savdolar natijalari bo‘yicha Qozog‘iston valyutasining qiymati bir dollarga 347,14 tengeni tashkil etdi, deb xabar berdi Kun.uz.
Tonggi savdolarda kurs 346,98 tengeni tashkil etgandi. Bunda minimal narx bir dollarga 346,85 tenge, maksimal narx 347,41 tenge darajasida qayd etildi.
Qayd etish doiz, 2016 yil 12 avgustda Qozog‘iston valyutasi bir dollar uchun 347,18 tengega teng bo‘lgandi.
Kurs.kz’ning ma’lumot berishicha, valyuta almashtiruv shoxobchalarida bir dollar 346,7-347,1 tenge atrofida sotilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar