date

“Farovonlik” lotereyasini o‘tkazgan “Agrobank” sayti odatiy tartibda ishlamoqda

“Farovonlik” lotereyasini o‘tkazgan “Agrobank” sayti odatiy tartibda ishlamoqda

“Farovonlik” (“Farovonlik”) pul-buyum yutuqli, tirajli lotereyasini tashkil etgan “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki odatiy tartibda ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Farovonlik” lotereyasining yutuqlar tiraji o‘ynaladigan dastlabki kun – 26 dekabrda bank sayti ishlamay qolgandi. Xabar berishlaricha, lotereya tiraji 27 dekabr ham o‘ynalmoqda.

Lotereya ishtirokchilari o‘z chiptalariga yutuq chiqqan-chiqmaganligini bank saytidagi maxsus sahifada chipta raqami, razryadi va seriyasini ko‘rsatgan holda tekshirib olishlari mumkin.

Shuningdek, yutuqlar tirajining rasmiy jadvali “Qishloq hayoti”, “Xalq so‘zi” va “Pravda Vostoka” gazetalarida ham e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, “Farovonlik” lotereyasi sovrinlar qatoridan 10 donadan Malibu, Captiva hamda Cobalt rusumli — jami 30ta avtomobil, beshta TTZ-80-10 transport traktori va beshta TTZ-80-11 chopiq traktori, 700 dona Roison televizori, 1025ta Panda televizori (Foton OAJ), 625tadan Roison gaz plitasi, muzlatkichi va kondisioneri, 625ta Candy kir yuvish mashinasi o‘rin olgan.

Shuningdek, har birida 1 million so‘mdan ziyod pul mukofoti qo‘yilgan 1 million 118 mingta lotereya chiptasi ham o‘ynaladi.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » “Farovonlik” lotereyasini o‘tkazgan “Agrobank” sayti odatiy tartibda ishlamoqda