23:20 / 11.09.2018
5 013

Qaysi mamlakatlarda tez orada valyuta inqirozi yuz berishi mumkin?

Qaysi mamlakatlarda tez orada valyuta inqirozi yuz berishi mumkin?
Yaponiyaning Nomura kompaniyasi tahlilchilari Damocles deb atalgan, valyuta inqirozlari haqida “erta ogohlantirish” indeksini ishlab chiqishdi. Bu haqda Financial Timesʻga tayanib Kun.uz yozmoqda.

Indeksda 30ta rivojlanayotgan bozorlar valyuta inqirozlariga yaqinlik darajasi boʻyicha hisoblab chiqilgan boʻlib, u har chorakda yangilanadi, deya aniqlik kiritgan RBK.

Uchinchi chorak boshidagi holatga koʻra (2018 yil iyul), Nomura indeksiga qaraganda, yettita emerging markets eng koʻp xavf ostida qolgan: Shri-Lankada inqiroz istalgan vaqtda yuz berishi mumkin, Argentina va Turkiyada u boshlanib boʻldi, JAR, Pokiston, Misr hamda Ukrainada yaqin 12 oy ichida sodir boʻlishi mumkin.

Nomura iqtisodchilarining taʼkidlashicha, Argentina, Misr, Shri-Lanka va Ukraina XVJga yordam soʻrab murojaat qildi yoki jamgʻarmaning moliyaviy dasturida qatnashmoqda.

Shu bilan birga, indeks valyuta inqirozi xatarlari juda past boʻlgan mamlakatlar guruhini ajratish imkonini beradi: ular Braziliya, Bolgariya, Indoneziya, Qozogʻiston, Peru, Tailand va Rossiyada deyarli nol darajada. Hisobotda Oʻzbekiston yoʻq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Qaysi mamlakatlarda tez orada valyuta inqirozi yuz berishi mumkin?