«Ukrkondprom» uyushmasidan xabar berishlaricha, 17 dekabrdan boshlab O‘zbekiston bojxonasi Ukrainada ishlab chiqarilgan tovarlar, shu jumladan, qandolatchilik mahsulotlarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishni to‘liq qayta tikladi.
«Shu narsani ma’lum qilmoqchimizki, O‘zbekiston bozori Ukraina shirinliklari uchun yana qayta ochildi. Eksportchilardan hozirgi vaqtda tovarlar bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilayotgani haqida ma’lumot oldik», - deya ma’lum qildi «Ukrkondprom» prezidenti Aleksandr Baldinyuk.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bozori Ukraina qandolat fabrikalari uchun juda muhim, ayniqsa hozir, yangi yil bayrami arafasida.
Uning qayd etishicha, bu davrda O‘zbekiston bozoriga kirish imkoniyatining yo‘q bo‘lib qolgani Ukraina eksportchilariga sezilarli zarar yetkazishi mumkin edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Ukrainadan shakar importini tiklagani xabar berilgandi.
Noyabr oyining o‘rtalaridan boshlab Ukrainadan O‘zbekistonga yuborilgan shakar va boshqa yuklarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish to‘xtatilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
“Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi
Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi?
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari
Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video)
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi