
“GM Uzbekistan” kompaniyasi 2019 yilda qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod etiladi. Bu haqda Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi prezident qarorida keltirildi.
Shuningdek, 2019 yildan “GM Uzbekistan” YoAJga berilgan barcha soliq imtiyozlari bekor qilinadi, faqatgina QQS bundan mustasno. Ilgari kompaniya barcha soliqlardan ozod etilgan edi.
Bundan tashqari, “JV MAN Auto-Uzbekistan” MChJning ham foyda solig‘iga oid imtiyozi bekor qilinib, faqatgina qo‘shilgan qiymat solig‘iga oid imtiyozi saqlab qolinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar