Qozog‘iston qo‘shni mamlakatlarga sotishi mumkin bo‘lgan juda ko‘p benzinga ega. Bu haqda Daryo xabar berdi.
Qozog‘iston «O‘zbekneftgaz» bilan neftni qayta ishlash zavodlaridan O‘zbekistonga benzin yetkazib berish bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshlaydi.
«Biz O‘zbekiston, Afg‘oniston va Tojikiston bozorlariga qiziqish bildirmoqdamiz. Biz bundan manfaatdorimiz», — deydi energetika vaziri Qanat Bozombayev Qozog‘iston benzinining eksport salohiyatiga oid savollarga javob berar ekan.
O‘tgan yili Qozog‘istonning uchta neftni qayta ishlash zavodi modernizatsiya qilinganidan so‘ng bozor turib qolmasligi uchun Qozog‘istonning benzin eksportini boshlash niyati borligi ma’lum bo‘ldi.
Qozog‘iston va Rossiya oktyabr oyida yoqilg‘i-energetika kompleksida hamkorlikga doir bitimga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi protokolni imzolagandi. O‘zgartirishlar Qozog‘iston benzinini MDH mamlakatlariga yetkazib berishda embargoni olib tashlash bilan bog‘liq.
Dekabrda Kanat Bozumbayev Qozog‘iston benzinini 2019 yilning fevralidan Qirg‘izistonga eksport qilinishi haqida xabar qilgandi. 2019 yilda Qozog‘istonda benzin eksporti 1,2 million tonnani tashkil qilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi