![[img]https://zamin.uz/uploads/posts/2019-01/1546665903_1545908104167a4234f2130d47b5666271709beb0e9.jpg[/img] «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasiga «yashirin iqtisodiyot» salmog‘ini iqtisodiy usullarni ishlatgan](/uploads/posts/2019-01/1546665903_1545908104167a4234f2130d47b5666271709beb0e9.jpg)
«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasiga «yashirin iqtisodiyot» salmog‘ini iqtisodiy usullarni ishlatgan holda qisqartirish masalasi ham kiritilgan.
Qayd etilishicha, bu bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyiha bilan «yashirin iqtisodiyot» omillarini sohalar va tarmoqlar kesimida tahlil qilib, uni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.
Dasturda:
- iqtisodiy faoliyatni legallashtirish yuzasidan normativ-huquqiy asoslarni takomillashtirish;
- import qilingan tovarlar hisobotlarining elektron tarzda shakllanishini ta’minlash;
- ayrim tovarlar uchun identifikatsiya markirovka qilishning yagona tizimini joriy etish va soliq organlari tomonidan mahsulotni hisobga olishning elektron bazasini yaratish;
- elektron tijorat faoliyatini qonuniylashtirish va nazorat qilish mexanizmini joriy etish;
- naqd pulsiz hisob-kitobni rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish, shu jumladan ko‘chmas mulk ob’ektlari va avtotransport vositalari oldi-sotdisi va boshqa yirik miqdordagi bitimlar bo‘yicha hisob-kitoblarni bank orqali amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratish;
- tadbirkorlar faoliyatiga davlat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuv holatlariga qat’iy yo‘l qo‘ymaslik;
- davlat organlari ishida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash nazarda tutiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar