Yaqinda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida Turkiyaning FSM Traktor kompaniyasi boshqaruvi raisi Erdo‘g‘on Oren bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqotda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, jumladan, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda turk kompaniyasi ishtiroki masalasi ko‘rib chiqildi.
Erdo‘g‘on Oren yaqin istiqbolda Markaziy Osiyo va aynan O‘zbekiston bozoriga kirish rejalari haqida ma’lum qildi. Uning aytishicha, O‘zbekiston olib borilayotgan islohotlar, o‘sayotgan iqtisodiy salohiyat hamda raqobat borasidagi ustunliklarni hisobga olganda ushbu mintaqadagi eng istiqbolli mamlakatdir.
O‘z navbatida Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonda xorijlik investorlar uchun yaratilgan sharoitlar, jumladan, mashinasozlik tarmog‘i uchun berilgan imtiyoz va preferensiyalar, mehnatga haq to‘lash darajasi, muhandislik kommunikatsiyalari narxlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Turk sarmoyadorining ta’kidlashicha, o‘rganishlar yakunidan kelib chiqqan holda investitsiyaviy loyihani amalga oshirishning birinchi bosqichida 75 ot kuchidan 150 ot kuchigacha quvvatga ega bo‘lgan traktorlarni yig‘ishni tashkil rejalashtirilgan. Kelgusida esa mahalliylashtirish darajasi oshirib boriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi