21:35 / 14.02.2019
4 788

O‘zbekiston tarixda ilk bor 1 milliard dollarlik obligatsiyalarni joylashtirdi

O‘zbekiston tarixda ilk bor 1 milliard dollarlik obligatsiyalarni joylashtirdi
Foto: Moliya vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston tarixda ilk marotaba 1 milliard dollarlik obligatsiyalarni joylashtirdi. Bu haqda Moliya vazirligi London fond birjasiga tayanib ma’lumot berdi.
Xabar qilinishicha, qarz obligatsiyalarini yopish muddati 2024 va 2029 yil fevral oylari etib belgilangan.

O‘zbekiston avvaliga obligatsiyalar daromadliligini 5,625 — 5,75 foiz hamda 6 foiz miqdorida belgilagan edi, ammo talabning yuqoriligi sababli foiz stavkalari qayta ko‘rib chiqilib, ular 4,75% va 5,3% gacha tushirildi.

Joylashuv talabga javob beradigan va yaxshi diversifikatsiya qilingan bo‘lib chiqdi, chunki institutsional investorlardan 3,8 milliard $ lik 150 ga yaqin taklif qabul qilindi.

Jo‘g‘rofiy nuqtai nazardan britaniyalik investorlar 5−10 yillik obligatsiyalarning 39% va 32 foizini, amerikaliklar 23% va 31 foizini xarid qildilar. Kontinental Yevropa investorlari 32% va 37 foiziga ega bo‘ldilar, qolgan 6% va 10 foizi esa Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika investorlari tomonidan sotib olindi.

Obligatsiyalarning aksariyatini (75% va 78%) boshqaruv fondlari, sug‘urta kompaniyalari va pensiya fondlari (20% va 16%) hamda banklar (5−6%) xarid qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston tarixda ilk bor 1 milliard dollarlik obligatsiyalarni joylashtirdi