RWC kompaniyasi Perfectum’ni Mobile’siz qoldirdi

O‘zbekiston mobil aloqa bozorida Perfectum Mobile brendi ostida xizmat ko‘rsatuvchi Rubicon Wireless Communication (RWC) kompaniyasi o‘z savdo belgisini o‘zgartirdi. Bu haqda 12news.uz'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Shu vaqtgacha Perfectum Mobile savdo belgisi bilan tanilgan kompaniya endi o‘z xizmatlarini Perfectum brendi ostida ko‘rsatadi. Bundan tashqari, kompaniyaning firma stili ham o‘zgarib, o‘ziga “Bugun! Har doim!” shiorini tanlagan.
Infocom.uz’ning yozishicha, kompaniya saytida rebrending haqida axborot berilmagan. Saytdagi e’longa asosan, 29 dekabr kuni Toshkent shahrida Perfectum’ning yangi markaziy ofisi ochilgan.
Ma’lumot uchun, 1995 yilda tashkil etilgan RWC kompaniyasi 1997 yildan raqamli D-AMPS standartida, 2004 yildan esa CDMA standartida xizmat ko‘rsatib keladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing