date

Toshkent metropoliteni 11 oyda 56,6 million yo‘lovchi tashidi

Toshkent metropoliteni 11 oyda 56,6 million yo‘lovchi tashidi

Toshkent shahar jamoat transporti tomonidan 2014 yilning 11 oyi davomida 318 million nafar yo‘lovchi tashildi, deb xabar bermoqda kun.uz.

Bu haqda, “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Mohir Valievga asoslanib, “Poytaxt transporti” gazetasi xabar bermoqda.

2014 yilning yanvar-noyabr oylari davomida Toshkent shahrida avtobus saroylari tomonidan 246,6 million, “Toshkent tramvayi” unitar korxonasi tomonidan 14,8 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilgan.

Ayni vaqtda, Toshkent metropoliteni 56,6 million nafar yo‘lovchini o‘z manziliga etkazib qo‘ygan.

Valievning qayd etishicha, kompaniya 2014 yilda 225 milliard so‘mdan ortiq daromad olishni kutmoqda, o‘sish sur’ati esa o‘tgan yilga nisbatan 8,5 foizni tashkil etmoqda.

Qayd etishlaricha, hisobot davrida “Toshshahartransxizmat”ning yo‘nalish daromadlari 3,5 foizga, oylik yo‘l chiptalari daromadlari esa 8,3 foizga o‘sgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Toshkent metropoliteni 11 oyda 56,6 million yo‘lovchi tashidi