date

Rossiyada dollar kursi 2015 yilda ilk marta 72 rubldan oshdi

Rossiyada dollar kursi 2015 yilda ilk marta 72 rubldan oshdi

28 dekabr, dushanba kuni neft narxining tushish natijasida Rossiya rublida ham pasayish kuzatildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

RIA «Novosti» bergan ma’lumotga ko‘ra, dollar o‘zining yillik eng maksimum narxini tashkil qilgan va 1 dollar 72 rublgacha qiymatni tashkil qilmoqda. Evro 79,5 rublgacha (yozdan buyon maksimal ko‘rsatkich) oshdi.

Moskva birjasida dollarga nisbatan kurs 1,50 rublga o‘sib —72,19 rublgacha, evro — 1,70 rublga o‘sib, 79,24 rublgacha oshgan.

Neftning Brent markasining bir barreli birja savdolarida 37 dollarga baholanmoqda. Ertalab narx 38 dollargacha ko‘tarilgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rossiyada dollar kursi 2015 yilda ilk marta 72 rubldan oshdi