
O‘zbekistonda “Yoshlar” tijorat banki tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasida 2019-2020 yillarda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshiriladigan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha yo‘l xaritasida aytiladi.
Qayd etilishicha, yoshlarning innovatsion g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ro‘yobga chiqarishlariga ko‘maklashish maqsadida “Yoshlar” tijorat banki tashkil etiladi. Bu borada Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqiladi.
Bajarish muddati - 2020 yil yanvar. Mas’ul ijrochilar - Markaziy bank, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi.
Shuningdek, mamlakatda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida “Yoshlar kelajagimiz” davlat dasturi doirasida “Har bir yosh - tadbirkor” ijtimoiy harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Har bir tuman (shahar)da katta tajriba va salohiyatga ega tadbirkorlar ishtirokida yosh tadbirkorlarning “Start up” loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Yoshlar tadbirkorligi hududlari” tashkil etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “yosh baliqchi”, “yosh asalarichi”, “yosh bog‘bon”, “yosh pillakor” klasterlari yaratiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar