Markaziy bank AQSh dollarining rasmiy kursi keskin ko‘tarilgani va ichki valyuta bozoridagi vaziyat bo‘yicha rasmiy izoh bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning iyul oyi ikkinchi yarmidan boshlab, ayniqsa so‘nggi haftada, ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaning milliy valyutaga nisbatan kursi o‘sish sur’atlarining tezlashishi kuzatildi.
Ushbu holatning shakllanishiga qator tashqi va ichki omillar ta’sir ko‘rsatdi, deyiladi izohda.
Tashqi omillar. Joriy yilning iyul oyidan boshlab, O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklari bo‘lgan ba’zi mamlakatlarda (shu jumladan Rossiya, Qozog‘iston va Xitoy) milliy valyutalarning qadrsizlanishi tendensiyasi rivojlanmoqda, bu ma’lum darajada valyuta bozori ishtirokchilari tomonidan valyuta kurslari va qarorlarni qabul qilish jarayoniga ta’sir qiladi.
Ichki omillar asosan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar - import qiluvchilar tomonidan chet el valyutasiga talabning ortib borishi bilan bog‘liq.
Ichki valyuta bozorida talab va taklifning nisbiy barqarorligi sharoitida Markaziy bankning asosiy maqsadi ishlab chiqaruvchilardan monetar oltinni sotib olish natijasida yuzaga kelgan ortiqcha likvidlikni sterilizatsiyalash bo‘lib, bunda ichki valyuta bozorida qisqa muddatli kurs o‘zgarishini yumshatish uchun vosita sifatida ishlatiladi.
Shu bilan birga, ichki valyuta bozoridagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda, Markaziy bank valyuta intervensiyalarini amalga oshirishda kunlik o‘zgarishlarning yanada kengroq yo‘lagiga o‘tmoqda.
Markaziy bank qisqa muddatli o‘zgaruvchanlikni davom ettirish va fundamental trendga qaytishni davom ettirish bilan kursni ma’lum bir darajada tartibga solishni istisno etmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»