Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 11 sentyabr kuni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda davlat byudjetiga kafolatlangan tushumlarni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Prezident matbuot xizmatining qayd etishicha, ko‘plab chet mamlakatlarda biznes sub’ektlari uchta toifaga — kichik, o‘rta va yirik — bo‘lingan va davlat tomonidan har bir toifaga nisbatan alohida qo‘llab-quvvatlash siyosati olib boriladi. Lekin O‘zbekistonda iqtisodiyot rivojida alohida rol o‘ynaydigan «o‘rta biznes» tushunchasi umuman yo‘q.
Shuni hisobga olib, videoselektorda Vazirlar Mahkamasi va tegishli vazirliklarga o‘rta biznes toifasini joriy etish, kichik, o‘rta, yirik biznes mezonlarini qayta ko‘rib chiqish, ularni alohida mexanizmlar asosida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha uch oy muddatda aniq takliflarni ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»