13:39 / 30.09.2019
3 406

UzAuto Motors kompaniyasining barcha dilerlari bugun tungi soat 12 gacha faoliyat yuritadi

UzAuto Motors kompaniyasining barcha dilerlari bugun tungi soat 12 gacha faoliyat yuritadi
30 sentyabr kuni UzAuto Motors kompaniyasining barcha dilerlari tungi soat 12 gacha faoliyat yuritadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

UzAuto Motors kompaniyasi O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati o‘qituvchilar uchun to‘rtta modeldagi avtomobillarga bayramona aksiya e’lon qildi.

Aksiya shartlariga ko‘ra umumta’lim, o‘rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari Spark, Lacetti 3 poz, Nexia va Cobalt avtomobillarini 70 foizgacha boshlang‘ich to‘lov bilan 1 yilgacha foizsiz muddatli to‘lovga xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bundan tashqari kompaniya faqat o‘qituvchilar uchun bayram munosabati bilan Tracker va Malibu avtomobillarini quyida ko‘rsatilgan chegirmalar asosida 2 yil foizsiz muddatli to‘lovga 50% boshlang‘ich to‘lov asosida xarid qilish imkonini taqdim etgan:

- Malibu Turbo 1,5 – 250 mln. so‘m
- Malibu Turbo 2,0 – 282 mln. so‘m
- Tracker MT – 165 mln.so‘m
- Tracker AT – 190 mln. so‘m

Avtomobil xaridi jarayonida qulaylik yaratish maqsadida aksiya kompaniyaning barcha rasmiy dilerlik korxonalarida faqat bir kun, 30 sentyabr kuni tungi soat 00:00 gacha amal qiladi. Avvalroq avtomobil xarid qilish uchun shartnomalarni faqatgina to‘rtta dilerlik korxonalaridan olish mumkin edi.

Muddatli to‘lovga avtomobil xarid qilish uchun xaridor yuqorida ko‘rsatilgan ta’lim muassasining o‘qituvchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat (ish joyidan ma’lumotnoma) taqdim etishi lozim. Shuningdek avtomobilni garovga qo‘yish hamda hatardan sug‘urtalash ham mazkur aksiyaning asosiy shartlaridan biri sanaladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » UzAuto Motors kompaniyasining barcha dilerlari bugun tungi soat 12 gacha faoliyat yuritadi