17:19 / 07.01.2020
3 339

O‘zbekiston Yaponiyaga 1 milliard dollarlik uran yetkazib beradi

O‘zbekiston Yaponiyaga 1 milliard dollarlik uran yetkazib beradi
Foto: REUTERS/Shamil Zhumatov
O‘zbekiston Yaponiyaga umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan uran yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzoladi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar qilmoqda.
Shartnomalar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil dekabr oyidagi Yaponiyaga tashrifi doirasida imzolangan.

636,4 million dollarlik eng katta bitimga Itochu kompaniyasi bilan erishildi, Marubeni bilan - 510,1 million dollarlik kelishuv. Yetkazib berish ishlari Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) tomonidan 2023 yildan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda O‘zbekiston AQSHga 300 million dollarlik uran yetkazib berish bo‘yicha yetti yillik shartnoma imzolagan edi. 2019 yilda Hindiston bilan o‘zbek uranini eksport qilish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomaga erishildi.

O‘zbekiston uran zaxiralari bo‘yicha dunyoda yetakchilardan biri bo‘lib, uni qazib olishda 7-o‘rinni egallaydi. NKMK uran qazib olish va eksport uchun tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekistondagi yagona operatordir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston Yaponiyaga 1 milliard dollarlik uran yetkazib beradi