21:50 / 09.01.2020
3 055

2019 yilda fuqarolardan qancha dollar sotib olingani va qancha sotilgani ma’lum qilindi

2019 yilda fuqarolardan qancha dollar sotib olingani va qancha sotilgani ma’lum qilindi
Markaziy bank “2019 yilda ichki valyuta bozori va uning rivojlanish tendensiyalariga doir qisqacha sharh”ni e’lon qildi.
Hisobotga ko‘ra, Ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy hajmi 15,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi. Bu 2018 yilga nisbatan 2.2 barobar ko‘proqdir.

Ichki valyuta bozori segmentlarida chet el valyutasiga bo‘lgan talabning o‘zgarish dinamikasi

Jismoniy shaxslar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar
2019 yilda jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shaxobchalari orqali sotilgan chet el valyutasi miqdori 3,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, avvalgi yilga nisbatan 41 foizga oshdi (2018 yil - 2,7 mlrd. AQSH doll.). Ayni paytda jismoniy shaxslar tomonidan 1,8 mlrd. AQSH dollari sotib olinib, mazkur ko‘rsatkich 2018 yilga (975 mln. AQSH doll.) nisbatan 1,9 barobarga o‘sdi.

Hisobot davrida banklar va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi valyuta oldi-sotdi operatsiyalari hajmi saldosi 2 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 16 foizga oshdi.

Almashuv kursi dinamikasi
Milliy valyutaning almashuv kursi dinamikasi valyuta bozoridagi talab va taklifning joriy nisbatidan kelib chiqib, ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllandi.

Bunda valyuta bozorida talab va taklifning bir maromda oshishi sharoitida, maqsadli sotuv hajmlariga nisbatan intervensiyalar hajmi kam bo‘lganligi sababli, birinchi yarim yillik davomida valyuta birjasidagi savdo sessiyalarida milliy valyuta AQSH dollariga nisbatan 2,8 foizga qadrsizlandi.

2019 yilning iyul va avgust oylarida savdo xamkorlarimiz bo‘lgan ayrim davlatlar valyutalari devalvatsiyasi va buning natijasida yuzaga kelgan devalvatsion kutilmalarning ortishi, shuningdek, ichki valyuta bozorida chet el valyutasiga bo‘lgan talabning o‘sishi natijasida milliy valyuta 10,2 foizga qadrsizlandi.

2019 yil davomida valyuta birjasi savdolarida so‘mga nisbatan AQSH dollarining dinamikasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 2019 yilda fuqarolardan qancha dollar sotib olingani va qancha sotilgani ma’lum qilindi