08:57 / 26.02.2020
3 315

O‘zbekiston YEOIIga kirishining ijobiy tomonlari haqida - Qozog‘iston savdo vaziri muovini

O‘zbekiston YEOIIga kirishining ijobiy tomonlari haqida - Qozog‘iston savdo vaziri muovini
O‘zbekiston hozircha YEOIIga qo‘shilish to‘g‘risida rasmiy ariza bermadi. Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri o‘rinbosari Janel Kushukova ehtimoliy integratsiya istiqbollari haqida o‘z fikrini aytdi.

YEOII doirasida biz bir-birimizga ichki temir yo‘l tarifini beramiz. Ularda (O‘zbekiston tomoni)” "temir yo‘l" bo‘yicha cheklov juda jiddiy. YEOIIga qo‘shilish orqali masalalarni ham hal qilsa bo‘ladi, chunki O‘zbekiston - bu Sharq bozorlariga chiqish yo‘limiz. Afg‘onistonga ketayotgan ko‘pgina narsa, ular orqali o‘tadi. Yanada qulay tariflar biz uchun katta foyda keltirishi mumkin. O‘zbekiston barchamizga yaxshi raqobatchilik qilishi aniq”, - dedi Kushukova integratsiya to‘g‘risidagi Shartnoma kuchga kirishi va YEOII faoliyati besh yilligiga bag‘ishlangan press-turda.

Shuningdek, Kushukova O‘zbekiston tadbirkorlari yangi sifat darajaga chiqishi mumkin deb aytdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil kuzda mamlakatning YEOIIga qo‘shilish masalasini ishlab chiqish haqida topshiriq bergandi. Mamlakatda bu integratsiyaning foydali va salbiy tomonlari muhokama qilinib, tahlil qilinmoqda.

YEOII - 2015 yil 1 yanvardan boshlab faoliyat ko‘rsatuvchi, xalqaro integratsiya iqtisodiy birlashma hisoblanadi. Ittifoq tarkibiga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston YEOIIga kirishining ijobiy tomonlari haqida - Qozog‘iston savdo vaziri muovini